Ushbu o’quv kursi "Ma’lumotlar tuzilmasi" fanidan barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr talabalariga mo’ljallangan. Fanni o’rganish bo’yicha minimal talablar: ma’lumotlar tuzilmasi, algoritmlar va ularni loyihalash hamda ishlab chiqish bo’yicha kerakli bilimlarni o’z ichiga olgan bo’lib, dars mashg’ulotlari rivojlangan mamlakatlarning yetakchi (yirik) OO’Yu lari tajribalariga tayangan holda olib boriladi.

Fanning maqsadi turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.

Fanning vazifasi – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir